20:00 / 27.07.2021
7369

«ISHONCH» do‘konlar tarmog‘i xodimlari ish joyida COVID-19ga qarshi vaksina bilan emlanmoqda!

Maishiy texnikalar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, mebellar kabi oila uchun kerakli bo‘lgan mahsulotlarni muddatli to‘lovga sotish bo‘yicha O‘zbekistondagi eng yirik savdo do‘konlaridan biri hisoblangan «Ishonch» do‘konlar tarmog‘i o‘z xodimlari va mijozlar saomatligi to‘g‘risida doimo qayg‘uradi. Shu sababli, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan boshlangan «Men vaksina oldim» aksiyasida faol ishtirok etmoqda. 

Bunga ko‘ra, 2500dan ortiq xodimlarini va ular xizmat ko‘rsatadigan mijozlar salomatligini o‘ylagan “ISHONCH” do‘konlar tarmog‘i o‘z xohishi bilan vaksina olishni istagan xodimlar uchun sog‘liqni saqlash xodimlari bilan birgalikda, ish joyida COVID-19ga qarshi vaksina bilan emlash ishlarini to‘liq tashkillashtirib bermoqda. Shu kunga qadar 900dan ortiq xodimlar vaksinaning birinchi bosqichi bilan emlandi. Hozirda emlama jarayonlari davom etmoqda.

COVID-19ga qarshi emlanganlar kompaniyaning turli lavozimlarida ishlaydigan xodimlar bo‘lib, hozirda barchasi o‘zlarini yaxshi his qilayotgani va nojo‘ya hech narsa sezmayotganini aytib o‘tdi.

“Barcha filiallarimizda ixtiyoriy tarzda vaksina olishni istagan xodimlarimiz vaksina olish ishlarini kompaniyamiz to‘liq ta'minlashni o‘z rejasiga kiritgan va shu asosida kerakli ishlar olib borilmoqda. Hozirgacha 900dan ortiq xodimimiz vaksina bilan emlandi. Vaksina olgan kompaniya xodimlarimizni oldinda vaksinaning ikkinchi va uchinchi bosqichlarini olish kutmoqda. Ushbu jarayon ham kompaniya tomonidan to‘liq tashkillashtirib beriladi. Bundan tashqari emlama olmagan xodimlarimizni ham bosqichma-bosqich emlatish ishlarini tashkillashtiramiz”, - deydi “ISHONCH” do‘konlar tarmog‘i ijrochi direktori Azizbek Hasanboyev.

Batafsil ma'lumot uchun:

+99873 515 22 22

Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy kanal va sahifalar:

Telegram: t.me/ishonchsavdo

Instagram: @ishonchsavdouz

Facebook: fb.com/ishonchsavdouz

Twitter: twitter.com/ishonchsavdo

YouTube: youtube.com/c/Ishonchsavdo

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top