16:22 / 27.07.2021
6113

Kapital bozorini rivojlantirish departamentiga direktor tayinlandi

Sarvar Ahmedov Moliya vazirligi Kapital bozorini rivojlantirish departamenti direktori lavozimiga tayinlandi.

S.Ahmedov 1985 yilda Xorazm viloyati Xonqa tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2005 yilda Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universitetini (bakalavr), 2008 yilda Manchester Universitetini (Buyuk Britaniya), 2019 yilda Milliy tadqiqot Universitetining Iqtisodiyot oliy maktabini (Rossiya) tamomlagan.

U o‘z mehnat faoliyatini 2008 yilda «Goldman Sachs International» (London) valuta operatsiyalari departamenti xodimi sifatida boshlagan.

2011-2014 yillarda «Goldman Sachs International» (London) valuta va boshqa moliyaviy derivativlar operatsiyalari departamentida yetakchi xodim, 2014-2016 yillarda moliyaviy derivativlar operatsiyalari departamenti bo‘lim boshlig‘i, vitse-prezident lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2016-2019 yillarda «Goldman Sachs International» MChJda (Moskva) moliyaviy instrumentlar va g‘aznachilik operatsiyalari departamenti vitse-prezidenti bo‘lgan.

2019-2021 yillarda Moliya vazirligi Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i, Moliya vazirligi G‘aznachilik boshlig‘i o‘rinbosari va 1- o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan

2021 yil 1 maydan Kapital bozorini rivojlantirish agentligi tugatildi. Kapital bozorini rivojlantirish agentligining qimmatli qog‘ozlar bozorini, shu jumladan, qimmatli qog‘ozlar savdosining tashkilotchilari va Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysini tartibga solish, shuningdek, korporativ boshqaruvni rivojlantirish hamda lotereyalarni tashkil etish faoliyati bo‘yicha vazifa, funksiya va vakolatlari Moliya vazirligiga o‘tkazildi.

Tugatilgan Kapital bozorini rivojlantirish agentligining jami 110 nafar shtat birligi (shundan, 90 nafar boshqaruv xodimi) hisobidan Moliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida boshqaruv xodimlari cheklangan soni 54 nafardan (shundan, 16 nafar hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi markaziy apparat xodimlari) iborat Kapital bozorini rivojlantirish departamenti tashkil etildi.

Top