09:49 / 27.07.2021
25186

O‘zbekistonda 6 oyda 79 mingta o‘lim holati qayd etildi

O‘zbekiston Respublikasining demografik ko‘rsatkichlari raqamlarda e'lon qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ma'lumotni taqdim etdi.

Foto: Depositphotos

Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 iyul holatiga respublikaning  demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda quyidagicha ko‘rinish oldi:

  • aholi soni – 34,9 mln kishi;
  • ayollar soni – 17,3 mln kishi;
  • erkaklar soni – 17,6 mln kishi;
  • shaharda yashovchilar – 17,7 mln kishi; 
  • qishloqda yashovchilar – 17,2 mln kishi;
  • tug‘ilish soni – 390,7 ming kishi;
  • o‘limlar soni – 79,7 ming kishi;
  • ko‘chib kelgan – 147,2 ming kishi;
  • ko‘chib ketgan – 156,8 ming kishi;
  • nikohlar soni – 119,0 mingta;
  • ajrimlar soni – 19,4 mingta.

Avvalroq, O‘zbekistonda doimiy aholi soni qariyb 35 mln kishiga yetgani xabar berilgandi

Mavzuga oid
Top