11:46 / 27.07.2021
8051

Qarshidan Peterburgga uchishi kerak bo‘lgan samolyotning yuki og‘irligi sabab reys qoldirildi

“Azur Air” aviakompaniyasining ZF-5044-sonli “Boeing-739” samolyotida Qarshi - Sankt-Peterburg yo‘nalishidagi, 27 iyul soat 5:00da bajarilishi kerak bo‘lgan charter qatnovning qoldirilgani “Qarshi” aeroportidan uchib ketishi kerak bo‘lgan yo‘lovchilar e’tiroziga sabab bo‘ldi.

"Uzbekistan Airports" AJ matbuot xizmati xabariga ko‘ra, havo kemasi ekipaji komandiri samolyot yuki og‘irligi bois, ushbu qatnov bajarilmasligi haqida qaror qabul qilgan.

Bildirilishicha, yo‘lovchilarga “Qarshi” aeroportining mas’ul xodimlari hamda “Azur Air” aviakompaniyasi samolyoti ekipaji tomonidan ushbu qarorga sabab bo‘lgan holatlar haqida ma’lumot berilgan.

“Hozirda aeroport xodimlari tomonidan 214 nafar yo‘lovchiga kerakli yordam, jumladan nonushta tarqatilib, ular mehmonxonalarga joylashtirilmoqda va issiq ovqat bilan ta’minlash kabi masalalar tezkorlik bilan hal qilinmoqda”, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid
Top