17:10 / 27.07.2021
44602

Test topshiriqlari soni qisqartirildi

Davlat komissiyasi bayoni bilan, pandemiya sharoitida abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida test topshiriqlari soni 105 tadan 70 taga qisqartirildi va jami 3 soat vaqt ajratiladigan bo‘ldi.

Davlat test markazi xabariga ko‘ra, barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) – 10 ta savol:

  • har biri uchun 2.1 balldan;
  • maksimal ball – 21 ball.

Matematika – 10 ta savol:

  • har biri uchun 2.1 balldan;
  • maksimal ball – 21 ball;

O‘zbekiston tarixi – 10 ta savol:

  • har biri uchun 2.1 balldan;
  • maksimal ball – 21 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 63 ball.

Bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan – 20 ta savol:

  • har biri uchun 3.15 balldan;
  • maksimal ball – 63 ball;

2-fan – 20 ta savol:

  • har biri uchun 3.15 balldan;
  • maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 126 ball.

Umumiy holda, 2021/22-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 70 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Top