08:27 / 27.07.2021
1309
Urgut tumanida sodir bo‘lgan YTHda 5 yoshli qizaloq vafot etdi

Samarqand viloyati Urgut tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 5 yoshli qiz vafot etgan. Bu haqda Kun.uz’ga viloyat IIB YHXB xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, joriy yil 13 iyul kuni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan 4R-47 Bulung‘ur-Urgut-M39 avtomobil yo‘lining Urgut tumani Bunyodkor mahallasi hududidan o‘tgan qismida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Qoratepa-Urgut yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan «Kobalt» yo‘lni kesib o‘tayotgan, 2016 yilda tug‘ilgan qizni urib yuborgan. Oqibatda, 5 yoshli qiz ro‘paradan kelayotgan yuk mashinasining ballonlari ostida qolib og‘ir tan jarohatlari olgan va voqea joyida vafot etgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, «Kobalt» yo‘l harakati qoidalarini buzib, belgilangan me'yorlardan ortiq tezlikda harakatlangan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Urgut tuman IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv davom ettirilmoqda.

Top