20:51 / 28.07.2021
5769

Antalyada yuz bergan yong‘in oqibatida 50dan ortiq kishi jabrlandi

Turkiyaning Antalya viloyatidagi Manavgat kurorti hududida yuz bergan o‘rmon yong‘ini oqibatida kamida 53 kishi jabrlandi. Bu haqda Turkiya qishloq va o‘rmon xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirli ma'lum qildi.

«To‘rtta tumanda evakuatsiya ishlarini amalga oshirishimizga to‘g‘ri keldi. Uylar zarar ko‘rgan. Yong‘in sababi aniqlanmoqda», — dedi u.

Ma'lumot berilishicha, yong‘in miqyosi keng bo‘lishiga qaramasdan, u Antalyadagi turistik obektlarga xavf solmaydi. Taxminlarga ko‘ra, yong‘in jazirama harorat natijasida kelib chiqqan.

Yong‘inni o‘chirishga ikkita samolyot, 15 vertolyot, olti buldozer va 106ta o‘t o‘chirish mashinasi safarbar qilingan.

Top