19:21 / 28.07.2021
7609

Talabalar uchun eng yaxshi shahar nomi ma'lum qilindi

Yuqori o‘ntalikka Tokio, Berlin, Melburn, Tsyurix, Sidney, Boston, Monreal shaharlari kirdi.

Foto: Depositphotos / Arsty

London Quacquarelli Symonds (QS) kompaniyasi tayyorlagan talabalar uchun eng yaxshi shaharlar reytingida birinchi o‘rinni egalladi.

Britaniya poytaxti 2018 va 2019 yillarda ham reytingda yetakchi bo‘lgandi.

Reytingda ikkinchi o‘ringa Myunxen, uchinchi o‘ringa Seul joylashdi.

Yuqori o‘ntalikka shuningdek, Tokio, Berlin, Melburn, Tsyurix, Sidney, Boston, Monreal shaharlari kirdi.

Markaziy Osiyodan Qozog‘istonning Almati shahri ushbu reytingdan joy oldi (105-o‘rin).

Mavzuga oid
Top