20:21 / 29.07.2021
10666
Afg‘oniston sharqidagi toshqinlarda 150 kishi halok bo‘ldi
Foto: EPA

Afg‘oniston sharqida joylashgan Nuriston viloyatida yuz bergan toshqinlarda kamida 150 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda 1TV telekanali xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, tabiiy ofat 29 iyulga o‘tar kechasi Pokiston bilan chegaradosh Kamdish uyezdida sel oqishi oqibatida yuz bergan. Suv oqimlari o‘z yo‘lida kamida 100ta uyni vayron qilgan.

Mavzu
Iqlim o‘zgarishlari
Iqlim o‘zgarishlari natijasida Yer yuzining turli nuqtalarida ekstremal ob-havo kuzatilmoqda.
Barchasi
Top