08:18 / 30.07.2021
1763
O‘zbekistonda 6 oyda 20 387 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berildi 

2021 yilning 6 oyi davomida 20 387 nafar xotin-qizlarga himoya orderi berilgan. Bu haqda AOKAda oiladagi zo‘ravonlikning oldini olish, jabr ko‘rganlarga ko‘mak berish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlab o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Qayd etilishicha, olib borilgan profilaktik ishlar natijasida 10 mingdan ortiq oila yarashtirildi, 7 841 oilalarda nizolar bartaraf etildi.

Himoya orderi - bu tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga davlat himoyasini taqdim etuvchi hujjat hisoblanadi. 

Himoya orderini rasmiylashtirish vakolati profilaktika inspektoriga berilgan. 

Himoya orderi 30 kun muddatga berilib, shu muddat ichida xavf bartaraf etilmasa, uni yana 30 kunga uzaytirish mumkin.

2021 yil 6 oyi davomida 20 387 nafar fuqarolarga himoya orderi berilgan.

Top