10:12 / 30.07.2021
30079

O‘zbekistonda kunlik kasallanish holatlari 1400dan yuqori, aktiv keys 12 mingga yaqin

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 897 kishida koronavirus, 546 kishida pnevmoniya aniqlangani, 7 bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 29 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 128403 (+897) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 90 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 34 nafari Andijon viloyatida,
  • 14 nafari Buxoro viloyatida,
  • 95 nafari Jizzax viloyatida,
  • 25 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 14 nafari Navoiy viloyatida,
  • 41 nafari Namangan viloyatida,
  • 92 nafari Samarqand viloyatida,
  • 27 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 98 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 82 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 36 nafari Xorazm viloyatida,
  • 114 nafari Toshkent viloyatida,
  • 135 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 546 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shu vaqtgacha pnevmoniya qayd etilganlar soni 9798taga yetgan. Shundan 3 mingdan ortiq bemor sog‘aygan, 63 bemor vafot etgan.

Bu koronavirus holatlari bo‘yicha pandemiya davridagi eng yuqori kunlik ko‘rsatkich (+897) hisoblanadi, pnevmoniya holatlari qo‘shilgan holatda ham mutlaq antirekord (jami +1443). Bundan avvalgi antirekord 29 iyul kuni qayd etilgan, 879 kishida koronavirus, 529 kishida pnevmoniya aniqlangandi (+1408).

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 58 nafar,
  • Buxoro viloyatida 14 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 30 nafar,
  • Namangan viloyatida 25 nafar,
  • Samarqand viloyatida 75 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 49 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 98 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 67 nafar,
  • Xorazm viloyatida 49 nafar,
  • Toshkent viloyatida 72 nafar,
  • Toshkent shahrida 113 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 122368 (+650) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 866 nafarni tashkil qildi.

Ayni vaqtda shifoxonalarda koronavirus va pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan 12 mingga yaqin bemor davolanmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top