15:34 / 30.07.2021
2023

Qarshi shahrida harakatlanib ketayotgan «Neksiya» mashinasi yonib ketdi

Qarshi shahridagi ko‘chalardan birida harakatlanib ketayotgan «Neksiya»da yong‘in sodir bo‘lgan va mashinaning bir qismi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun 30 iyul kuni soat taxminan 10:45larda Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga shaharning Mustaqillik shohko‘chasida harakatlanib ketayotgan «Neksiya» mashinasida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabar olingandan so‘ng, Qarshi shahar FVB 3-PYoQ qismidan 1ta yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi jalb etilgan. Bo‘linma soat 10:51lar atrofida yong‘in yuz bergan joyga yetib borib, soat 11:05larda yong‘in to‘liq o‘chirilgan.

Aniqlanishicha, ushbu mashina Qarshi shahar «Xontepa» MFY Maysazor ko‘chasida yashovchi fuqaro A.T.ga tegishli bo‘lgan. Qayd etilishicha, yong‘indan hech kim tan jarohati olmagan, faqat mashina jiddiy shikastlangan. Hozirda yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

Top