12:03 / 30.07.2021
480
Surxondaryoda elektron savdo orqali yer olib berishini aytib, fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida elektron savdo orqali yer olib berishini aytib, fuqaroning pulini o‘zlashtirgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Oltinsoy tumani Gulobod mahallasida yashovchi Sh.Jahongir tuman IIBga murojaat qilgan. U o‘z murojaatida 2020 yil 15 dekabr kuni Termiz shahar At-Termiziy ko‘chasida yashovchi T.Hojiakbar, Oltinsoy tumani Halqabod mahallasida joylashgan fermer xo‘jaligi dala maydonidan tijorat binosi qurish uchun 80 sotix yer maydonini olib berishini aytib, undan pul olganini ma'lum qilgan.

Oltinsoy tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan dastlabki surishtiruvda, T.Hojiakbar 80 sotix yerni Sh.Jahongirga 21 million so‘m pul evaziga «Elektron savdo» orqali olib berishini aytib, undan ushbu pullarini olib, o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgani aniqlangan.

Qayd etilishicha, joriy yil 24 iyul kuni Oltinsoy tumani IIB tergov bo‘limi tomonidan T.Hojiakbarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top