16:42 / 30.07.2021
6448

Turkiyaning olti viloyatida tabiat yong‘inlari davom etmoqda

Yong‘inlarni o‘chirishga qirqqa yaqin vertolyot, 680ta o‘t o‘chirish mashinasi jalb qilingan.

Foto: Mustafa Ciftci/Anadolu Agency via Getty Images

Turkiyaning olti viloyatida tabiat yong‘inlari davom etmoqda, ammo vaziyat o‘nglanmoqda, deb xabar berdi "Onadolu" agentligi.

O‘rmon va qishloq xo‘jaligi vaziri Bekir Pakdemirlining so‘zlariga ko‘ra, "yong‘inlarga qarshi kurashda ijobiy dinamika kuzatilmoqda". Uning qayd etishicha, 60dan ortiq yong‘in o‘choqlari nazoratga olingan.

Hozirda Antalya, Adana, Mersin, Mug‘la, Usmoniya va Kayserida yong‘inlar davom etmoqda. Yong‘inlarni o‘chirishga qirqqa yaqin vertolyot, 680ta o‘t o‘chirish mashinasi jalb qilingan.

Xabar qilinishicha, to‘rt kishi yong‘in qurboni bo‘lgan, 140 nafarga yaqin kishi shifoxonaga murojaat qilgan.

Anomal jazirama sababli Turkiyaning g‘arbiy va janubiy sohillarida bir necha kundan buyon o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda, yuzlab gektar o‘rmon kulga aylangan. Olov Antalya turistik viloyatigacha yetib kelgan.

Mavzuga oid
Top