10:50 / 30.07.2021
15053

Yakshanba kuni havo harorati yana ko‘tarila boshlaydi

Bugun va ertaga respublikada kam bulutli ob-havo bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat bugun Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kunning birinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo haroratining kunduz kungi qiymati 32-37 daraja issiqni tashkil etadi. Shamol tezligi ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘li hududlarida va vodiyning Qirg‘iziston Respublikasi bilan yondosh hududlarida kutilayotgan mahalliy yomg‘irlar hisobiga, 30-31 iyulda Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

1 avgustda respublikani salqin havo massalari asta-sekin tark eta boshlaydi. Uning o‘rnini Erondan kirib keladigan issiq va quruq ob-havo massalari egallaydi. Kunduz kuni havo haroratining 35-40 daraja issiqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda. 

Respublikaning tog‘li hududlarida ba'zi joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid
Top