16:00 / 30.07.2021
6889
Yevrosiyo mamlakatlarini raqamlashtirish – umumiy muammo va imkoniyatlar

So‘nggi yillarda raqamlashtirish masalasi hukumatlar uchun ham, jamoatchilik uchun ham eng muhim mavzulardan biri bo‘lib qoldi. Dunyoning barcha mamlakatlari raqamlar “kasalligiga chalinishdi” va o‘zlarini porloq kelajakka olib boradigan «raqamlashtirish» tezyurar poyezdiga imkon qadar tezroq chiqib olishga intilishmoqda.

Yevrosiyo mintaqasi iqtisodiyotidagi raqamli rivojlanishning hozirgi holati siyosiy erkinlik omilining kuchliligidan dalolat beradi. Yevrosiyoning barcha mamlakatlaridagi raqamlashtirish bo‘yicha loyihalar bevosita davlat rahbarlari tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqa va ehtimol, bunday ko‘maksiz ular ancha sekinroq amalga oshirilgan bo‘lar edi. Albatta, raqamli iqtisodiyot bundanda tezroq rivojlanishi va yanada ko‘proq moliyalashtirilishi mumkin edi deyish mumkin, biroq bu sohada erishilgan ulkan yutuqlar, masalan, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, ijtimoiy obektlarning Internet tarmog‘iga keng ulanishi va aholining raqamli salohiyatini oshirish ustida olib borilgan ishlar ham diqqatga sazovor.

Ko‘p sonli milliy loyihalar yaratildi, Yevrosiyo mamlakatlarining raqamli rivojlanishini rag‘batlantiruvchi va qo‘llab-quvvatlovchi ko‘plab davlat qonunlari, hujjatlari va farmonlari imzolandi. Ba'zi davlatlarda raqamlashtirish uchun ajratilgan budjetlardan allaqachon faol foydalanilmoqda va ular orqali yuqori natijalarga erishilmoqda. Mamlakatlar, shuningdek, o‘zlarining raqamli rivojlanishiga investitsiyalarni jalb qilish va raqamlashtirishga sarflanadigan xarajatlarni oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishmoqda va xizmatlarni «raqamlashtirish» orqali ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal qilishmoqda.

Yevrosiyodagi har bir mamlakat hukumati elektron davlat xizmatlariga alohida e'tibor qaratadi. Juda ko‘p xizmatlardan mobil telefon orqali foydalanish mumkin. Hukumatlar onlayn tarzda davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonini yanada qulay va tushunishga oson qilish uchun turli sohalar mutaxassislarini jalb qilmoqda.

So‘nggi paytlarda katta e'tibor qaratilayotgan yana bir yo‘nalish bu – sanoatni raqamlashtirish. Yevrosiyo mintaqasida biznesni raqamlashtirish darajasi rivojlangan mamlakatlar bilan taqqoslaganda hali ham past. Ushbu masala Yevrosiyoning barcha mamlakatlarida yechimlarni izlash va tarmoqlarda «raqamlar»ni joriy etishni davom ettirish maqsadida batafsil muhokama qilinadi.

Ilya Levchuk. Huawei Yevrosiyo kompaniyasida strategik marketing departamenti
direktorining o‘rinbosari

Shu bilan birga, biz mintaqaga xos bo‘lgan bir qator qiyinchiliklarni ham ko‘rishimiz mumkin, masalan, bulardan biri geografik (ulkan hududlar) va bozor cheklovlari bilan bog‘liq AKT infratuzilmasining kam rivojlanganligidir. Shuningdek, Internetga kirib borish darajasi borasida rivojlangan mamlakatlar o‘rtasida kim o‘zar poygalari boshlanganligini ham alohida aytib o‘tish kerek. Ushbu musobaqada Yevrosiyo mamlakatlari, afsuski, hali ham rivojlangan mamlakatlardan ancha ortda borishmoqda. Shunisi aniqki, kelgusida optik tolali tarmoqlar bilan qamrab olish darajasi yuqori bo‘lgan yoki rivojlangan 5G tarmoqlariga ega mamlakatlar oldinda turadi, chunki Internetga kirish imkoniyati va darajasi YaIM hajmining o‘sishiga bevosita ta'sir qiladi. Mutaxassislar shuningdek, turli xil moliyaviy cheklovlar tufayli Yevrosiyo mamlakatlarida AKT loyihalarining yetarlicha moliyalashtirilmasligi xavfi mavjudligini ta'kidlamoqdalar. Bundan tashqari, Yevrosiyo mamlakatlarida raqamli rivojlanish sur'atlarini cheklashi mumkin bo‘lgan malakali kadrlar yetishmasligi muammosi ham mavjud.

Ayni paytda barcha Yevrosiyo mamlakatlari uchun eng katta tahdid – bu “raqamli uzilish”ning boshqa tomonida, Sanoat 4.0 doirasidan tashqarida qolishdir. “Raqamli qurollanish” poygasi allaqachon boshlangan va kiberxavfsizlik masalalari oliy darajadagi uchrashuvlar va sammitlarda kun sayin tobora ko‘proq muhokama qilinmoqda.

Biroq, yuqorida aytib o‘tilgan barcha cheklovlarni hisobga olgan holda, Yevrosiyo mamlakatlari raqamlashtirish sohasida, shubhasiz, bir qator imkoniyatlarga ega:

  • Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalanish va xorijiy hamkorlarning investitsiyalarini jalb qilish hisobiga sezilarli yutuqlarga erishish mumkin. Shuningdek, Yevrosiyo davlatlari hukumatlari o‘zlari allaqachon yaratgan rivojlanish institutlari haqida unutib qo‘ymasliklari va raqamli loyihalarga ko‘proq e'tibor berishlari kerak.
  • Yevrosiyo mamlakatlari, shuningdek, AKT infratuzilmasini kengaytirish va smartfonlar olish imkoniyatini oshirish hisobiga Internetga kirib borish darajasini jadal oshirish uchun katta imkoniyatlarga ega.
  • Yevrosiyo mintaqasida Yevropa bilan solishtirganda nisbatan yuqori bilimga ega bo‘lgan yosh aholi ko‘pchilikni tashkil etadi. Odamlar raqamlashtirishning asosiy resursidir. Raqamlashtirishning o‘zi har kuni odamlar aqli va qo‘li bilan yaratilmoqda va bu jarayonga qancha ko‘p odamlar jalb qilinsa, raqamli kelajakka olib boradigan yo‘l shu qadar qisqa va tezkor bo‘ladi.
  • Mintaqadagi mamlakatlar real iqtisodiyotda raqamli texnologiyalarni qo‘llashning foydalanilmagan imkoniyatlarini amalga oshirishni boshlashlari mumkin. Bizni o‘rab turgan dunyo har kuni o‘zgarmoqda, raqamli texnologiyalar esa ushbu o‘zgarishlarni yanada tezlashtirmoqda.

Xulosa qilib shuni ta'kidlaymizki, mamlakatlarni raqamlashtirish bu uzoq muddatli, mashaqqatli va har kuni qilinishi kerak bo‘lgan ish, ammo yo‘lovchini yo‘l toblaydi.

Reklama huquqi asosida

Top