15:26 / 31.07.2021
7976
Bezos dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa tushdi

Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) egasi Bernar Arno reytingda birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Forbes uning boyligini 192,9 mlrd dollar deb baholadi.

Amazon asoschisi Jyeff Bezos dunyoning eng boy odami maqomini yo‘qotdi. Bu Forbes Real-Time reytingida qayd etildi.

Bezosning boyligi 192,4 mlrd dollar deb baholanmoqda. U bir kunda 13,9 mlrd dollar yo‘qotdi.

Louis Vuitton Moët Hennessy (LVMH) egasi Bernar Arno reytingda birinchi o‘ringa ko‘tarildi. Forbes uning boyligini 192,9 mlrd dollar deb baholadi.

SpaceX asoschisi va Tesla bosh direktori Ilon Mask uchinchi o‘ringa joylashdi. Uning boyligi bir sutkada 2,2 mlrd dollarga ko‘payib, 179,4 mlrd dollarga yetdi.

Bezosning boyligi Amazon aksiyalari narxi pasayishi hisobiga kamaydi. 30 iyul kuni bir aksiya narxi 7,56 foizga arzonlashib, 3,3 ming dollarga teng bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top