09:28 / 31.07.2021
6937

O‘zbekiston dzyudochilari jamoaviy bahsda Niderlandiyaga yutqazib, turnirni ilk bosqichdayoq tark etdi

O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha jamoaviy bahslarda Niderlandiyaga yutqazib qo‘ydi va Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.

Olimpiya o‘yinlarida dzyudo sport turida jamoaviy bahslar boshlandi. O‘zbekiston milliy jamoasi ilk bosqichda 6ta vaznda Niderlandiyaga qarshi kurash olib bordi va 3:4 hisobida alamli mag‘lubiyatga uchradi. 

To‘rtta jangdan keyin O‘zbekiston terma jamoasi 3:1 hisobida oldinda borayotgandi. Bekmurod Oltiboyev, Hikmatilloh To‘rayev va Gulnoza Matniyazova g‘alabaga erishdi.

Biroq ushbu Olimpiadada bronza medalga ega chiqqan Davlat Bobonov bu safar yutqazib qo‘ydi, so‘nggi bellashuvda esa Farangiz Hojiyeva ham raqibiga qarshilik ko‘rsata olmadi va hisob 3:3 ko‘rinishini oldi.

Hisob teng bo‘lib qolgach, +90 kg vaznda qo‘shimcha bellashuv bo‘lib o‘tdi va Oltiboyev ikkinchi jangda Grolga yutqazdi.

+90 kg: Bekmurod Oltiboyev – Henk Grol (g‘alaba)
-57 kg: Diyora Keldiyorova – Sanne Verhagen (mag‘lubiyat)
-73 kg: Hikmatilloh To‘rayev – Tornike Tsyakadoyea (g‘alaba)
-70 kg: Gulnoza Matniyazova – Sanne van Diyke (g‘alaba)
-90 kg: Davlat Bobonov – Noyel van Tend (mag‘lubiyat)
+70 kg: Farangiz Hojiyeva – Gus Stinhaus (mag‘lubiyat) 
+90 kg: Bekmurod Oltiboyev – Henk Grol (mag‘lubiyat)

Shu tariqa, O‘zbekiston dzyudo jamoasi turnirni birgina bronza medal bilan yakunladi.

Mavzu
Tokio Olimpiadasi
Pandemiya tufayli qoldirilgan 2020 yilgi Yozgi Olimpiada 2021 yil 23 iyulida Yaponiyaning Tokio shahrida rasman boshlanadi.
Barchasi
Top