17:39 / 31.07.2021
11477
O‘zbekistonda "Sputnik V" vaksinasining dastlabki partiyasi ishlab chiqarildi

O‘zbekistonda "Sputnik V" vaksinasi 2021 yil fevralda ro‘yxatga olingandi.

Foto: jurabek.uz

O‘zbekistonda Jurabek Laboratories korxonasida koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasining dastlabki partiyasi ishlab chiqarildi. Bu haqda Rossiya to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondiga (RTIF) tayanib TASS xabar berdi.

"RTIF va O‘zbekistonning yetakchi farmatsevtika ishlab chiqaruvchilaridan biri - Jurabek Laboratories – Rossiyaning koronavirusga qarshi "Sputnik V" vaksinasining ilk partiyasi ishlab chiqarilganini ma'lum qiladi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan preparatdan mamlakatda aholini koronavirusga qarshi emlash dasturida foydalaniladi", - deyiladi fond xabarida.

O‘zbekistonda "Sputnik V" vaksinasi 2021 yil fevralda ro‘yxatga olingandi.

Bugungi kunga qadar "Sputnik V" 69 mamlakatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 

Avvalroq O‘zbekistonga AQShdan 3 mln doza Moderna vaksinasi keltirilgani xabar qilingandi.

Top