07:53 / 31.07.2021
7720

Toshkentda 5ta avtomobil oldinma-ketin to‘qnashdi

Joriy yilning 30 iyul kuni soat 19:40larda Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, Mustaqillik shohko‘chasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.

IIV YHXB xabariga ko‘ra, "Captiva", "Cobalt", "LADA Vesta", yana bir "Cobalt" va "BMW X5" rusumli avtomobillar oldinma-ketin to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. To‘qnashuv yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Top