22:59 / 01.08.2021
7842

Yevropa ittifoqi uchun Pfizer va Moderna vaksinalarining narxi oshdi

Foto: Dado Ruvic/Reuters

Pfizer va Moderna kompaniyalari koronavirusga qarshi o‘z vaksinalarining Yevropa ittifoqi uchun narxini oshirdi. Bu haqda Financial Times nashri xabar berdi.

Nashr jurnalistlar qo‘liga tushgan shartnomaga tayanib, Pfizer vaksinasining bir dozasi narxi Yevropa ittifoqida 15,5 yevrodan 19,5 yevrogacha oshganini ta'kidlamoqda.

Moderna vaksinasining bir dozasi narxi esa 22,6 dollardan 25,5 dollargacha ko‘tarilgan.

Ta'kidlanishicha, shartnomalar ushbu ikkita vaksina sinovlarining 3-bosqichi ma'lumotlari olingandan keyin qayta ko‘rib chiqilgan. Ushbu sinovlar Pfizer va Moderna vaksinalari AstraZeneca va Johnson & Johnson kompaniyalarining arzonroq turuvchi vaksinalariga nisbatan samarador ekanini ko‘rsatgan.

Mavzuga oid
Top