18:40 / 02.08.2021
6681

Ashraf G‘ani Afg‘onistondagi vaziyat AQSh qo‘shinlari olib chiqilishi sababli yomonlashganini aytdi

Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining tez sur'atlarda olib chiqilishi mamlakatdagi vaziyat keskinlashuviga olib keldi. Bunday fikrni Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bildirdi.

Foto: Reuters

Uning ta'kidlashicha, AQShning Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini olib chiqishi kutilmagan qaror bo‘lgan, biroq afg‘on hukumati bu qarorni hurmat qiladi.

“AQShning o‘z qo‘shinlarini olib chiqish qarori sababli oxirgi 3 oy ichida kutilmagan vaziyatga to‘qnash keldik. Bunga sabab qarorning to‘satdan qabul qilinishi hisoblanadi”, deb aytgan G‘ani.

Uning aytishicha, u Vashingtonni bunday qarorning ehtimoliy salbiy oqibatlaridan ogohlantirgan.

Afg‘onistondagi vaziyat mamlakatdan AQSh va NATO qo‘shinlari olib chiqilishi ortida keskinlashdi. Bunga “Tolibon” harakatining faollashuvi sabab hisoblanadi. Ta'kidlanishicha, toliblar hozirda mamlakat chegarasining 90 foizini nazorat qilmoqda.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top