07:51 / 03.08.2021
7485

Iyul oyida eng qimmat va arzon palov qayerda tayyorlangani ma'lum qilindi

2021 yil iyul holatiga ko‘ra, eng qimmat palov Toshkent shahrida, eng arzoni Namanganda tayyorlanmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi respublikaning markaziy hududlaridagi osh markazlarida o‘tkazgan kuzatuvlari natijasida palovning o‘rtacha narxlari haqida ma'lumot berdi.

Palov narxlarini belgilashda har bir porsiya va kilogramm uchun belgilangan o‘rtacha narxlar asos bo‘lgan.

2021 yilning iyul oyi holatiga ko‘ra, eng arzon tayyor palov Namanganda tayyorlanmoqda. Bu yerda palovning bir porsiyasi 14,7 ming so‘mdan, bir kilogrammi 102,9 ming so‘mdan sotilmoqda.

Eng qimmat palov Toshkent shahrida. Poytaxtda palovning bir porsiyasini 23 ming, kilogrammini 161 ming so‘mdan sotib olish mumkin.

Top