21:10 / 03.08.2021
8278
Pentagon yaqinida otishma sodir bo‘ldi

Noma'lum shaxs Pentagon yaqinidagi avtobus bekatini o‘qqa tutgan. Otishma natijasida kamida bir kishi yarador bo‘lgan.

Vashingtonda mudofaa vazirligi majmuasi yaqinida otishma sodir bo‘ldi. Ushbu hodisadan so‘ng Pentagon binosi yopib qo‘yildi. Bu haqda Pentagon xavfsizlik xizmati xabar berdi.

AR agentligining xabariga ko‘ra, noma'lum shaxs Pentagon yaqinidagi avtobus bekatini o‘qqa tutgan. Otishma natijasida kamida bir kishi yarador bo‘lgan.

Agentlik muxbirining xabar berishicha, ko‘plab o‘q ovozlari eshitilgan. Biroz tanaffusdan so‘ng yana otishma ovozi eshitilgan. 

Politsiya tavsiyasiga ko‘ra, metro poyezdlari Pentagon transport bog‘lamasidagi stansiyada to‘xtamasdan o‘tib ketmoqda.

Top