13:17 / 04.08.2021
1258
Urgutda giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanayotgan ikki kishi ushlandi

Samarqand viloyati Urgut tumanida IIB xodimlari tomonidan giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanayotgan ikki kishi qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 28 iyul kuni Samarqand viloyati IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan Urgut tumani Jartepa mahallasi hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda, Urgut tumani Mirzabog‘lon Chep mahallasida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan E.Yo. 6 million so‘m evaziga G. ismli ayolga 35 gramm miqdoridagi «opiy» giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Olib borilgan surishtiruvlar natijasida E.Yo. ushbu giyohvand moddasini Quyiqishloq qishlog‘ida yashovchi 1975 yilda tug‘ilgan M.T. dan olgani aniqlangan. Shundan so‘ng M.T.ning yashash manzili tegishli tartibda ko‘zdan kechirilganda uning turmush o‘rtog‘i 1974 yilda tug‘ilgan S.G. ning yonidan geroin moddasi topilib hujjatlashtirilgan.

Holat yuzasidan Urgut tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyati ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top