17:16 / 04.08.2021
3738

Xitoyda fuqarolarga xorijga chiqish pasporti berish vaqtincha to‘xtatildi

Ma'lumot berilishicha, xitoyliklar mamlakatdan chiqishga faqat favqulodda holatlardagina ruxsat olishi mumkin. Hukumat xorijga chiqish uchun berilgan har bir arizani qat'iy tekshiruvdan o‘tkazadi.

Dunyoda koronavirus tarqalishi holatlari ko‘paygani sababli Xitoy hukumati o‘z fuqarolariga xorijga chiqish pasportlarini berishni vaqtincha to‘xtatadi. Bu haqda davlat migratsion boshqarmasi vakili Lyu Xaytaoga tayanib Sinxua agentligi xabar berdi.

Ma'lumot berilishicha, xitoyliklar mamlakatdan chiqishga faqat favqulodda holatlardagina ruxsat olishi mumkin. Hukumat xorijga chiqish uchun berilgan har bir arizani qat'iy tekshiruvdan o‘tkazadi.

Xaytao shuningdek, Xitoyga olib kiriladigan har bir tovar epidemiologik tekshiruvdan o‘tkazilishi haqida ogohlantirdi.

Xitoyga kirib kelayotgan har bir transportda koronavirus izlari yoki bemor odamlar borligi tekshiriladi. Chegara xizmatlari noqonuniy migratsiya ustidan nazoratni kuchaytiradi.

Top