17:39 / 05.08.2021
5870

Erondagi portda beshta savdo kemasi yonib ketdi

Qayd etilishicha, portga kirishda mingdan ortiq kema bo‘lgan.

Erondagi Ganava portida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida beshta savdo kemasi yonib ketdi. Bu haqda IRNA agentligi xabar bermoqda.

Xabarda aytilishicha, kemalarning to‘rttasida yuklar bo‘lgan.

"Ganava portiga kirishda ko‘plab kemalar bo‘lgani sababli ularni saqlab qolish uchun yonayotgan kemalarni katta qiyinchilik bilan chetga tortib oldik", — dedi mer G‘ulomrizo Mehrju.

Qayd etilishicha, portga kirishda mingdan ortiq kema bo‘lgan.

Hodisa yuzasidan tergov ishlari boshlangan.

Top