14:20 / 08.08.2021
3763
EPSILON (EDC): Hujum-8 qudug‘idan kunlik 80 ming kubmetr hajmda gaz olindi

Joriy yilning 8 avgust kuni Qashqadaryo viloyati, Hujum konidagi 8-sonli yangi izlov qudug‘ida olib borilgan sinov ishlari davomida undan uglevodorodlarning sanoat miqyosidagi oqimi olindi.

Olinayotgan gazni respublika aholisiga yetkazib berish uchun shu kunning o‘zidayoq quduq gaz uzatish tizimiga ulanadi.

Barcha ishlar o‘rnatilgan sanitariya-epidemiologiya va ekologiya me'yorlariga muvofiq amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ

Top