10:19 / 08.08.2021
6585

O‘zbekistonda 5 kunda Moderna vaksinasi bilan qariyb 732 ming kishi emlandi

O‘zbekistonda 2–6 avgust kunlari 1 544 882 million doza vaksina qo‘llandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 2021 yilning 2–6 avgust kunlari 1 215 076 doza bilan birinchi marta vaksina olgan fuqarolar emlandi.

Qayd etilishicha, bu kunlar oralig‘ida qo‘llangan vaksinalarning:

  • 8 886 dozasi «Sputnik V»,
  • 804 029 dozasi ZF-UZ-VAC2001,
  • 731 967 dozasi Moderna vaksinasidir.

Shu kunlar oralig‘ida 87 ming 149 kishi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.

SSVning so‘nggi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda shu vaqtgacha qo‘llangan vaksinalar 10 million dozadan oshdi.

7 avgust kuni mamlakat hududlari bo‘ylab 470 968 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo‘llandi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 382 552 nafarni, 
  • 2-bosqich emlanganlar 67 728 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 20 688 nafarni tashkil qildi.

Ayni kungacha jami 10 025 226 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:

  • 1-bosqich emlanganlar 6 829 079 nafarni, 
  • 2-bosqichda emlanganlar 2 308 175 nafarni,
  • 3-bosqich emlanganlar 887 972 nafarni tashkil qildi. 

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 1,34 mln kishidan oshgan.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top