08:47 / 09.08.2021
9370

Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e'lon qilindi

Dunyo aviakompaniyalari va aeroportlarini baholash bilan shug‘ullanuvchi Skytrax Britaniya kompaniyasi 2021 yil uchun dunyoning eng yaxshi aviakompaniyalari reytingini taqdim qildi.

Kompaniya bu maqsadda 100 ta davlat yo‘lovchilari orasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Ulardan belgilangan mezonlar bo‘yicha 500 ta aeroportni baholash talab etilgan.

Bunda aeroportlarning infratuzilmasi, ularda navbatlar bor-yo‘qligi, ko‘rsatiladigan xizmat va yo‘lovchilarga munosabat hisobga olingan.

Reytingga ko‘ra, 1-o‘rinni Qatar poytaxti Dohadagi Hamad xalqaro aeroporti egalladi. 2-o‘ringa Tokiodagi Xaneda, 3-o‘ringa Singapurdagi Changi aeroportlari qo‘yildi.

Shuningdek, yetakchi o‘ntalikka Seuldagi Inchxon, Tokiodagi Narita, Germaniyadagi Myunxen, Shveytsariyadagi Tsyurix, Londondagi Xitrou, Osakadagi Kansay va Hongkong aeroportlari kirgan. 

Sobiq ittifoq davlatlari orasida eng yuqori o‘rinni Boku aeroporti egallagan - 51-o‘rin. 

Top