19:39 / 09.08.2021
11086

Ekspertlar Yer yuzidagi harorat rekord tezlikda oshayotganini aytdi

Ekspertlarning fikricha, bunga o‘rmon, okean va tuproq o‘z vazifasini ilgarigidek yetarlicha bajara olmayotgani sabab bo‘lmoqda.

Foto: AFP

Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi Yer ilgari hisob-kitob qilinganidan ko‘ra tezroq isib borayotganini ma'lum qildi. 

Olimlarning hisobotida qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha o‘rtacha harorat 1,1 darajaga ko‘tarilgan. Bu esa 2040 yilga borib o‘rtacha harorat 1,5 darajaga oshishini bildiradi.

U holda issiq to‘lqinlar, shamollar, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va yong‘inlar yanada ko‘proq sodir bo‘la boshlaydi, muzliklar erib qulaydi.

Shuningdek, tropiklardagi iliq oqimni shimoliy yarimsharga olib boruvchi Atlantika oqimlar tizimi sekinlashgan. Agar u butunlay to‘xtab qolsa, Yevropadagi qish fasli yanada sovuq bo‘ladi, Shimoliy Atlantikadagi suv sathi esa sezilarli darajada ko‘tariladi. Ma'lumot berilishicha, 1900 yildan buyon dunyo okeani sathi 20 santimetrga ko‘tarilgan.

Ekspertlarning fikricha, bunga o‘rmon, okean va tuproq o‘z vazifasini ilgarigidek yetarlicha bajara olmayotgani sabab bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, inson faoliyati sayyora isishiga olib kelmoqda.

Mavzu
Iqlim o‘zgarishlari
Iqlim o‘zgarishlari natijasida Yer yuzining turli nuqtalarida ekstremal ob-havo kuzatilmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top