23:44 / 10.08.2021
8969

Nyu-York gubernatori nomusga tegishdagi ayblovlardan keyin iste'foga chiqishini e'lon qildi

Foto: EPA

AQShning Nyu-York shtati gubernatori Endryu Kuomo 2 haftadan keyin iste'foga chiqishini e'lon qildi. U 11 ayolning nomusiga tegish bo‘yicha o‘ziga bildirilayotgan ayblovlardan keyin shunday qarorga keldi. Kuomoning ta'kidlashicha, uning o‘rnini o‘rinbosari Keti Xochul egallaydi.

“Yuzaga kelgan vaziyatda yordam bera olishim mumkin bo‘lgani chetga chiqish hisoblanadi. Men shunday qilaman. 14 kundan keyin iste'foga chiqaman”, deb aytgan Kuomo shtat aholisiga telemurojaatida.

Shtat bosh prokurori Letitsiya Jyeymsning ta'kidlashicha, Kuomo bir necha ayolga tegajog‘lik qilgan. Gap shtatda va boshqa joylarda ishlagan xodimalar haqida bormoqda. Bundan tashqari, Nyu-York gubernatori uning xatti-harakatlaridan shikoyat qilgan sobiq xodimidan o‘ch olgan.

AQSh prezidenti Jo Bayden ushbu ma'lumotlar paydo bo‘lgandan keyin Kuomo iste'foga ketishi kerakligini aytgan. Gubernatorning o‘zi esa faktlar “keltirilgandan ancha farq qilishini” aytgan.

Mavzuga oid
Top