21:58 / 11.08.2021
12296

Turkiya shimolida suv toshqinlari sodir bo‘ldi

Sinop viloyatida ko‘chkilar sodir bo‘lishi oqibatida bir nechta uy vayron bo‘ldi. Suv toshqinlari avtomobillarni oqizib ketgan.

Foto: IHA Photo

Turkiya shimolidagi Qora dengiz hududida kuchli yog‘ingarchiliklardan so‘ng suv toshqinlari va ko‘chkilar yuz berdi. Bu haqda Hurriyet gazetasi xabar bermoqda.

Xususan, Sinop viloyatida ko‘chkilar sodir bo‘lishi oqibatida bir nechta uy vayron bo‘ldi. Suv toshqinlari avtomobillarni oqizib ketgan.

Oydin viloyatida kuchli yomg‘irlardan so‘ng ko‘plab uylar va korxonalarga suv toshib kirdi.

Bundan tashqari, viloyatni Istanbul bilan bog‘laydigan yo‘lning bir qismi cho‘kkan. 

Kastamonu viloyatida ham suv toshqinlari sezilarli talafot yetkazgani aytilmoqda.

Mavzuga oid
Top