09:00 / 13.08.2021
5698

«Ipak Yo‘li» banki UnionPay kartalari yordamida xalqaro pul o‘tkazmalarini amalga oshirishga tayyor

«Ipak Yo‘li» banki UnionPay International xalqaro to‘lov tizimi sertifikatidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Bu orqali bank UnionPay Money Express xalqaro pul o‘tkazmalari xizmatini ishga tushirish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

UnionPay Money Express xalqaro pul o‘tkazmalari Ipak Yo‘li Mobile ilovasi yoki shaxsiy kabinet orqali dunyoning 63 mamlakatidagi UnionPay kartalariga pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkonini beradi. O‘tkazilgan pul mablag‘lari qabul qiluvchining kartasi qaysi bankka tegishli ekaniga qarab, o‘sha zahoti yoki 12 soat ichida tushadi.

Ipak Yo‘li Mobile ilovasi foydalanuvchilari belgilangan joyga kun davomida yetkazib berish xizmati bilan UnionPay kartasiga buyurtma berishlari mumkin.

UnionPay kartasiga hoziroq buyurtma bering: onelink.to/d37evh

Reklama huquqi asosida

Top