21:26 / 13.08.2021
36507

Shavkat Mirziyoyev «Yangi O‘zbekiston» bog‘idagi qurilish jarayonini ko‘zdan kechirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13 avgust kuni «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Bog‘da manzarali daraxtlar va gullar ekilib, so‘lim hududlar barpo etilmoqda. Bayram tadbirlari o‘tkazish uchun 5 ming o‘rinli ochiq amfiteatr qurilmoqda.

Davlat rahbariga ushbu amfiteatrda bo‘lajak qulayliklar haqida ma'lumot berildi.

«Istiqlol» majmuasining asosi tiklanib, qurish va pardozlash ishlari davom ettirilmoqda. Unda O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixi, ajdodlarning buyuk merosi, o‘zbek xalqining milliy qadriyatlari o‘z ifodasini topadi.

Prezident ushbu majmuadan o‘rin oladigan barelef va bezak namunalari bilan tanishdi. Mutasaddi va quruvchilarga o‘z tavsiyalarini berdi.

Top