14:05 / 13.08.2021
16312

Vishvanatan Anand 10 yildan so‘ng Toshkentga uchib keldi

Besh karra shaxmat «Oskar»i sohibi, bir vaqtning o‘zida uch tizim: aylanma, nokaut tizim va match bo‘yicha chempionga aylangan yagona shaxmatchi Vishvanatan Anand O‘zbekistonga yetib keldi. 

Shaxmat bo‘yicha jahon chempioni Vishvanatan Anand 10–15 avgust kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Zakovat-Gambit» shaxmat turnirida ishtirok etadi.

Shaxmat turnirining tashkilotchilari Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash fondi, Zakovat NNT, Yoshlar ishlari agentligi va "SkayChes" shaxmat maktabi hisoblanadi.

Unda barcha o‘zbekistonliklar: yoshi va reytingidan qat'i nazar ishtirok etishi mumkin.

Mukofot fondi 610 million so‘mni tashkil etadi.

Top