12:59 / 14.08.2021
15706
Chirchiqda harbiy havo kuchlari aviashou namoyish etdi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Chirchiqda Havo floti kuni munosabati bilan harbiy havo kuchlari aviashou namoyish etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabar bermoqda.

Bildirilishicha, mamlakatda har yili avgust oyining uchinchi yakshanbasida “Havo floti kuni” nishonlanishi an'ana tusiga kirgan. Ushbu sana oldidan Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi tomonidan Toshkent harbiy okrugi “Chirchiq” poligonida aviashou o‘tkazildi.

Aviaparvozlarda havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari qo‘mondoni, general-mayor Ahmad Burhonov ham ishtirok etish barobarida, uchuvchilarning manyovrlarini kuzatib bordi.

Vazirlikning ta'kidlashicha, so‘nggi yillar davomida HHM qo‘shinlari va HHK o‘zining professional mahoratini muvaffaqiyatli mukammallashtirdi. Shaxsiy tarkib tomonidan yangi va zamonaviy zenit raketa komplekslari, ko‘p maqsadli vertolyotlar, zamonaviy harbiy-transport samolyotlari o‘zlashtirildi, taktik aviatsiya parki ta'mirlandi.

Mavzuga oid
Top