15:13 / 15.08.2021
13590

Oltin zaxiralari ko‘payishi, arzonlagan paxta yog‘i va narxi oshmayotgan benzin – hafta iqtisodiy dayjesti

Avgustning birinchi yarmini yakunlab bergan haftada O‘zbekiston iqtisodiyotida muhim yangiliklar sodir bo‘ldi. Kun.uz haftaning pullik xabarlarini to‘pladi. 

Birinchi yarim yillikda qaysi hududda yuqori o‘sish kuzatildi

2021 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmi joriy narxlarda 318,5 trln so‘mni tashkil etmoqda. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 6,2 foizga ko‘proq.

Hududlar kesimida yuqori o‘sish sur'atlari Toshkent shahri (14 foiz), Sirdaryo (12,3 foiz), Toshkent (7,8 foiz)va Qashqadaryo (7,7 foiz) viloyatlarida qayd etildi.

O‘zbekistonning oltin-valuta zaxirasi 1 mlrd dollarga ko‘paydi

O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 1 avgust holatiga ko‘ra, 35,1 mlrd dollarni tashkil etmoqda. O‘tgan oyning shu davrida zaxiralar 34,1 mlrd dollar edi.

Iste'molchilar huquqlari eng ko‘p buzilayotgan soha ma'lum bo‘ldi

2021 yilning 1-yarim yilligi davomida Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga jami 15 609 murojaat kelib tushgan va ularning yarmidan ko‘pi uy-joy kommunal va transport xizmatlariga to‘g‘ri keladi.

Birja savdolarida paxta yog‘i va sement narxi arzonlashdi

2–8 avgust kunlari O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasining barcha savdo platformalarida 1 trillion 620,9 mlrd so‘mlik tovarlar sotilgan.

O‘tgan hafta davomida birja savdolarida sement narxi 1,2 foizga, paxta yog‘i esa 7,2 foizga arzonlashgan.

Birjada benzin narxlari deyarli oshmayotgani ma'lum qilindi

Iyul oyida O‘zbekistonda benzin 4 foizga, propan esa 5,5 foizga qimmatlashdi. Tovar-xomashyo birjasi mas'uli narx oshishining asosiy omillarini keltirdi. U birjada benzin deyarli oshmaganini ta'kidladi.

To‘liq matn bu yerda

Chorva uchun imtiyozli kredit berish oqibatlari: Bu o‘zini qanchalik oqladi?

Chorva mollari uchun ajratilayotgan imtiyozli kreditlar o‘zini oqlayaptimi? Muammolar sababi nimada? Kun.uz chorvaga berilayotgan imtiyozli kreditlar atrofidagi muhim keyslarni tahlil qildi. Batafsil bu yerda.

“Narx-navo pasayishi uchun savdodagi to‘siqlar olib tashlanishi kerak” - Behzod Hoshimov

O‘zbekistonda oziq-ovqat narxi pasayishi uchun savdodagi to‘siqlar, ya'ni bojlar va byurokratiyani olib tashlash kerak, deydi iqtisodchi Behzod Hoshimov. “Go‘shtga boj yo‘q-ku, deyishingiz mumkin, lekin iqtisodiyot shundayki, bitta tovarga qo‘yilgan boj boshqa tovarning narxi qimmatlashishiga olib keladi”, deya tushuntiradi u.

Iqtisodchining Kun.uz’ga bergan intervyusi to‘liq shaklda bu yerda.

Top