22:15 / 16.08.2021
8615

AQSh Afg‘onistondan 30 ming nafargacha qochqinni qabul qilishga tayyorligi ma'lum qilindi

Jon Kirbining so‘zlariga ko‘ra, qochqinlar Texasdagi Fort Bliss va Viskonsindagi Fort Makkoy bazalariga joylashtiriladi.

AQSh maxsus viza olishga da'vogar 30 ming nafargacha afg‘onistonlik qochqinni qabul qilishga tayyor. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi ma'lum qildi, deb xabar berdi CNN.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qochqinlar Texasdagi Fort Bliss va Viskonsindagi Fort Makkoy bazalariga joylashtiriladi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Albaniya, Shimoliy Makedoniya va Kanada ham afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qilishini bildirgan.

Avvalroq GFR kansleri Angela Merkel Germaniya Afg‘onistondan 10 ming kishini evakuatsiya qilishiga to‘g‘ri kelishini aytgandi.

Kansler shuningdek, Germaniya qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Afg‘onistonga qo‘shni mamlakatlar bilan hamkorlik qilishi kerakligini qayd etgan.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top