21:19 / 17.08.2021
5579
Jizzaxlik sudyalar bo‘yicha o‘tkazilgan xizmat tekshiruvining xolisligi masalasida alohida xabar berilishi aytildi

Sudyalar oliy kengashi tomonidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Kun.uz muxbiri jizzaxlik tadbirkor ayol Gyunel Aliyeva ishi bo‘yicha Kun.uz'da chiqqan maqolalar yuzasidan xizmat tekshiruvining qanchalik xolis ekani haqidagi savol bilan yuzlandi.

“Jizzaxlik sudyalar ustidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruviga ayni shu sud sudlov hay'atining raisi boshchilik qilgan va yakunda “maqolada aytilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topmagani” aytildi. Ushbu xizmat tekshiruvini qanchalik xolisona deyish mumkin? Uni qayta o‘tkazish mumkinmi?” – deya savol berdi Kun.uz muxbiri.

Sudyalar oliy kengashi matbuot kotibi Tursunali Akbarovning ma'lum qilishicha, kengash ushbu maqola bilan tanishib chiqqan va o‘rganish natijalari bo‘yicha keyinroq alohida ma'lumot beriladi.

Top