11:48 / 17.08.2021
8410
Litseylarga hujjat topshirish jarayoniga o‘zgartirishlar kiritildi 

Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi akademik litseylarga hujjat topshirgan umumta'lim maktablarining 9-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalariga maxsus ma'lumot bilan chiqdi.

Qayd etilishicha, 2021/2022 o‘quv yilida akademik litseylarga Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan kirish test sinovlarida o‘quvchilar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida, shuningdek, koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatni inobatga olib, akademik litseylarga hujjat topshirish jarayoniga o‘zgartirishlar kiritildi.

Akademik litseylarga hujjat topshirgan o‘quvchilar vazirlikning litsey.edu.uz portali orqali o‘z login va paroli bilan shaxsiy kabinetiga kirgan holda, 20 avgust soat 24:00 ga qadar quyidagi tahrirlash ishlarini amalga oshirishi mumkin bo‘ladi:

  • tahrirlash tugmasi orqali o‘z shaxsiy ma'lumotlaridagi kamchiliklarni to‘g‘rilashi;
  • xorijiy tilni bilish sertifikati mavjud bo‘lsa, sertifikat to‘g‘risidagi ma'lumotlarni kiritish va uni tasdiqlovchi hujjatning nusxasini yuklashi;
  • hujjat topshirgan o‘quvchi o‘zi tanlagan 1tadan 5tagacha bo‘lgan akademik litseylarning bir xil ta'lim yo‘nalishlarini ketma-ketlik asosida belgilashi;
  • kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun test topshirish hududini belgilashi.

Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun akademik litseylar va ularga bog‘lanish telefon raqamlari ilova qilingan.

Mavzuga oid
Top