08:01 / 17.08.2021
6365

O‘zbekistonda qaysi davlatlarning kapitali ishtirokidagi korxonalar soni ko‘pligi aytildi

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yil 1 avgust holatiga respublikada ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,5 mingtani tashkil etib, ulardan 12,9 mingtasi faoliyat yuritmoqda. 

Qo‘mita xabarida aytilishicha, faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1 772taga oshgan.

Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

  • Rossiya – 2 291ta;
  • Xitoy – 1 915ta; 
  • Turkiya – 1 776ta;
  • Qozog‘iston – 1 023ta;
  • Koreya – 923ta.

Xorijiy kapital ishtirokida 2021 yilning yanvar-iyul oylarida yangi tashkil etilgan korxonalarning davlatlar kesimida soni:

  • Turkiya – 252ta;
  • Rossiya – 228ta;
  • Xitoy – 161ta; 
  • Qozog‘iston – 121ta;
  • Koreya – 64ta.
Top