11:33 / 17.08.2021
1123
Samarqandda fuqaroni texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib pul olgan shaxs ushlandi

Samarqand shahrida fuqaroni texnikumga o‘qishga kiritib qo‘yishini aytib pul olgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand shahar bo‘limi hamda DXX viloyat boshqarmasi o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqaro O.S. ushlangan. U fuqaro U.ning ishonchiga kirib, uni Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumiga tanishlari orqali o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 700 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28-, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

 

Top