13:08 / 18.08.2021
6713
Qarshi shahrida bitalar bilan «qurollangan» bir guruh shaxslar bir kishini do‘pposlamoqchi bo‘lishdi

Kun.uz manbasi tomonidan bir guruh shaxslar zo‘ravonlik sodir etgani va ular bir yigitni ko‘pchilik bo‘lib kaltaklashga uringani haqida xabar berildi. Manbaning ma'lum qilishicha, mazkur hodisa ham Qarshi shahrida sodir bo‘lgan.

Manba tomonidan taqdim etilgan videoda tasvirlanishicha, kunning qorong‘i paytida bir guruh shaxslar mashinada bir yigitni quvib kelgan. Yigit ko‘cha yoqasidagi savdo do‘konlaridan biriga qochib kirgan. Yigitlar uni ta'qib etib savdo do‘koni ichiga kirishgan va yigitni qo‘llaridagi bitalar bilan urishga harakat qilishgan. Rastada turgan mahsulotlarni unga qarata otishgan. Yigit qo‘lida bita bilan o‘zini himoya qilishga uringan.

Qochib kirgan yigit peshtaxta orqasiga o‘tib olgani uchun zo‘ravonlar unga jiddiy jarohat yetkaza olmagan va savdo do‘konidan chiqib ketgan.

Hozircha tegishli organlar tomonidan mazkur hodisa haqida rasmiy ma'lumot berilmadi.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 17 avgust kuni Qarshi shahrida taniqli sport murabbiyi Eldor Rahimov bir guruh shaxslar tomonidan do‘pposlanib, so‘ng mashinaga tiqib olib ketilgan. Keyinchalik murabbiyning jasadi topilgan.

Top