16:30 / 19.08.2021
6143
EPSILON (EDC): 2,8 mlrd kubmetr gaz va 54 ming tn kondensat hajmidagi kutilma zaxiralariga ega bo‘lgan yangi gaz-kondensat koni ochildi

Joriy yilning 19 avgust kuni Gurchak istiqbolli tuzilmasidagi 1-sonli quduqda mukammal ta'mirlash ishlari yakunlanib, GRP amaliyoti o‘tkazilgach, undan 150 ming kubmetr kunlik hajmda sanoat ko‘lamidagi gaz oqimi olindi. 

Maydoni 5 kv. km atrofida bo‘lgan mazkur tuzilmada yaqin muddatda gaz zaxiralarini 4 mlrd kubmetrgacha ko‘paytirish kutilmasi bilan 3 ta izlov-qidiruv quduqlarini burg‘ilash rejalashtirilmoqda. 

Barcha ishlar o‘rnatilgan sanitariya-epidemiologiya va ekologiya talablariga rioya etilgan holda amalga oshirilmoqda.

Epsilon Matbuot xizmati Ⓣ

Top