08:32 / 19.08.2021
4886

Qonunga xilof ravishda o‘tkazilgan tenderlar natijasida budjetga 19 mlrd so‘m zarar yetkazilgan 

Qonunga xilof ravishda o‘tkazilgan tenderlar natijasida davlat budjetiga 19,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Durdona Ochilova ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, o‘tgan bir yil davomida korrupsion holatlar bilan bog‘liq 34 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi ta'minlangan.

“Sohalar kesimida o‘rganilganda, qurilish sohasida — 11 ta, sog‘liqni saqlash sohasida — 7 ta, mehnatga haq to‘lash sohasida — 4 ta, oliy ta'lim sohasida — 3 ta, xalq ta'limi sohasida — 3 ta, davlat xaridlari sohasida — 2 ta, suv xo‘jaligi sohasida — 2 ta, boshqa sohalarda — 2 ta jinoyat sodir etilgani aniqlandi”, dedi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari.

Qayd etilishicha, Andijon, Jizzax va Navoiy viloyat hokimliklarining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyalari va boshqa buyurtmachi tashkilotlarida jami 461,3 mlrd so‘mlik qiymatdagi davlat xaridlari yuzasidan 59 ta qurilish obekti o‘rganilgan.

O‘rganishda, Andijon viloyatida — 18 ta, Jizzax viloyatida — 11 ta, Navoiy viloyatida — 7 ta tanlov va tenderlarni qonunga xilof ravishda o‘tkazilib, qurilish obektlarida davlat budjetiga turli ko‘rinishda 19,6 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan.

Top