00:32 / 20.08.2021
21498

Konferensiyalar ligasi. Shomurodovning rasmiy debyutida kiritgan goli «Roma»ga g‘alaba keltirdi

Konferensiyalar ligasi pley-off saralash bosqichi birinchi o‘yini doirasida Rimning «Roma» klubi Turkiyada «Trabzonspor» mehmoni bo‘ldi.

Ushbu bahsda Rim klubi safida o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov dastlabki rasmiy o‘yinini o‘tkazdi. Joze Mourino uni asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Uchrashuvning 55-daqiqasida Pellegrini hisobni ochgan bo‘lsa, 64-daqiqada Kornelius muvozanatni tikladi – 1:1.

81-daqiqaga kelib Eldor Shomurodov burchak zarbasidan keyin darvoza to‘siniga tegib qaytgan to‘pni «Trabzonspor» darvozasiga kiritib, ilk rasmiy o‘yinida ham gol urib jamoasiga g‘alaba keltirdi – 1:2. Javob bahsi bir haftadan keyin Rimda o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov bungacha ikkita o‘rtoqlik o‘yinida «Roma» safida 2 bahsda 2ta gol va 2ta assistga mualliflik qilgandi.

19 avgust (payshanba)
Konferensiyalar ligasi. Pley-off.
Trabzonspor (Turkiya) – Roma (Italiya) - 1:2

Gollar: Pellegrini (55, 0:1), Kornelius (64, 1:1), Eldor Shomurodov (81, 1:2).
Trabzonspor – Keybashi, Vitor Ugo, Bruno Peres, Ie, Chaqir, Gamshik, Ozdemir, Jyervino, Bakasetas, Nvakaeme, Janini.
Roma – Ruy Patrisiu, Karsdorp, Manchini, Vinya, Rojyer, Mxitaryan, Veretu, Kristante, Pellegrini, Dzanolo, Eldor Shomurodov (Mayoral, 82).

Top