21:33 / 20.08.2021
13658

NATO Afg‘onistondagi missiyasi yakunlanganini e'lon qildi

Yyens Stoltenberg har bir mamlakat Afg‘onistonga olib kelingan qurol-yarog‘ va qurilmalar uchun mas'ul bo‘lganini aytdi.

Foto: REUTERS

NATO Afg‘onistondagi missiyasini yakunladi, hozirda ittifoqchilar faqat Kobul aeroportidagina qoldi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qildi.

“NATO Afg‘onistondagi harbiy missiyasini tugatdi. Endilikda ittifoqchilar aeroport hududida qoldi. Turli mamlakatlar o‘z kuchlari va qurilmalarini olib ketish uchun bor imkoniyatlarini ishga soldi”, - dedi u.

Stoltenberg har bir mamlakat Afg‘onistonga olib kelingan qurol-yarog‘ va qurilmalar uchun mas'ul bo‘lganini aytdi.

“Nimadir yo‘q qilindi. Ammo nimadir qolib ketdi”, - dedi u.

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, yangi hukumatning diplomatik tan olinishi ularning kelgusidagi harakatlariga bog‘liq. 

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top