18:29 / 22.08.2021
12139

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza berishni vaqtincha to‘xtatdi

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasi viza bo‘limi noma'lum vaqtga yopiladi. Elchixona buni “tashqi siyosatdagi maxsus vaziyat” bilan izohladi.

Germaniyaning Toshkentdagi elchixonasida, ayniqsa, viza olish uchun tayinlangan uchrashuvlar bekor qilingan.

Yangi vizaga yozilish vaqtlari haqida hamda viza olish uchun uchrashuvlar haqida kerakli vaqtda xabar berilishi ma'lum qilindi.

“So‘rovnomalaringizni yubormasligingizni iltimos qilamiz. Bu boradagi savollar hozircha javobsiz qoladi. Tushunganingiz uchun rahmat”, – deyiladi elchixona rasmiy relizida.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Germaniya Afg‘onistondan o‘z fuqarolari va boshqa yevropaliklarni faol evakuatsiya qilmoqda. Bunda Toshkent aeroportining mahalliy terminalidan foydalanilmoqda.

Top