18:08 / 23.08.2021
5646

Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

23 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

«Davlat rahbarlari O‘zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari kun tartibidagi dolzarb masalalarni ko‘rib chiqdilar.

Qo‘shni Afg‘onistondagi vaziyatning rivojlanishi nuqtai nazaridan mintaqaviy hamkorlik masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlari mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlashning amaliy jihatlari yuzasidan faol idoralararo aloqalarni davom ettirish muhim ekanini ta'kidladilar», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top